Bugun
19
O'zbek

Holandning kelajagi bo‘yicha Ispaniyada tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

Futbol
4 iyun, 03:00
«Man Siti» Erlingning «Real»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar bo‘yicha bayonot berdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Holandning kelajagi bo‘yicha Ispaniyada tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand «Real»ga o‘tmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy ma'lum qildi.

«Erling Holandning kelajagi bo‘yicha Ispaniyada tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu transfer amalga oshishi uchun hech qanday imkoniyat yo‘q.

Holandning shartnomasida bunday transfer uchun maxsus band ham mavjud emas», — deyiladi Angliya klubi bayonotida.

Avvalroq «Real» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme Holand bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot o‘rnida, Holand 2022 yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p tepmoqda. Uning «shaharliklar» bilan shartnomasi 2034 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar