Bugun
19
O'zbek

Markinos bu yozda "PSJ"ni tark etishni rejalashtirmayapti

Futbol
4 iyun, 03:30
Himoyachining Parij klubi bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Markinos bu yozda "PSJ"ni tark etishni rejalashtirmayapti
Foto: Getty Images

"PSJ" himoyachisi Markinos bu yozda jamoani tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Abdulloh Bulma xabar berdi.

Turli mish-mishlarga qaramay, braziliyalik futbolchi kelasi mavsumda ham parijliklar safida qolishni istamoqda. Endi barchasi "PSJ"ning pozitsiyasiga bog'liq bo'ladi, chunki klub yangi markaziy himoyachi qidirish ishlarini faol olib bormoqda.

Ma'lumot o'rnida, Markinos 2013 yilda "Roma"dan "PSJ"ga 31 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Avvalroq Markinos Chempionlar Ligasidagi o'yinlar soni bo'yicha braziliyaliklar rekordini yangilagani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar