Bugun
19
O'zbek

Peres Mbappe borasidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

Futbol
4 iyun, 05:53
«Real» prezidenti fransiyalik yulduz klubni tark etmasligini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Peres Mbappe borasidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi
Foto: Getty Images

«Real» prezidenti Florentino Peres Kilian Mbappening kelajagi haqida fikr bildirib, futbolchi Madrid klubida qolishini ma’lum qildi.

«Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri va u ketmaydi. Uning statistikalariga qarasangiz, futbolchimizning darajasi qanchalik yuqori ekanini ko‘rish mumkin. Hech kim bunday noyob futbolchiga shubha qilmasligi kerak», — dedi Peres.

Klub rahbari shu tariqa so‘nggi kunlarda Mbappening ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik hujumchi «Real» safiga katta umidlar bilan kelib qo‘shilgan va jamoaning asosiy yetakchilaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, Florentino Peresning ushbu bayonoti haqida Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar