"Real" yarimhimoyachisi Federiko Valverde faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida El Chiringuito xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, "shaharliklar" bu yozda yarimhimoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida 90 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda.
Qayd etilishicha, "Real" sardorlaridan biri Valverde "Manchester Siti"ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan. Shu bilan birga, Orélien Chouameni bilan yuzaga kelgan mojarodan so'ng futbolchining "qirollik klubi"dagi kelajagi hanuz noaniqligicha qolmoqda.
O'tgan mavsum 27 yoshli Valverde barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. Avvalroq Valverde Chempionlar Ligasida mavsumning eng chiroyli goli muallifi bo'lgandi.