"Real" yarimhimoyachisi Federiko Valverde UEFA Chempionlar ligasining o'tgan mavsumidagi eng chiroyli gol muallifi deb topildi.
Urugvaylik futbolchi musobaqaning 1/8 final bosqichidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi birinchi bahsda (3:0) het-trik qayd etgandi. U uchinchi to'pini o'yinning 42-daqiqasida kiritdi: Fede jamoadoshi Brahim Diasning "parashyut" uzatmasidan so'ng Mark Gehini aldab o'tib, darvozaga aniq zarba yo'llagandi.
UEFA ushbu golni yakunlangan Chempionlar ligasi mavsumining eng yaxshi goli deb e'tirof etdi.
Avvalroq YCHLda mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi hamda ramziy jamoa eʼlon qilingandi.
Valverde — YCHLda mavsumning eng chiroyli goli muallifi
Futbol
1 iyun, 06:45
UEFA "Real" yarimhimoyachisining "Siti"ga urgani golini e'tirof etdi.
Foto: Getty Images