Bugun
19
O'zbek

«Milan» «Vest Hem» yulduzi uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
4 iyun, 06:18
Krisensio Sammervillga Angliya va Italiya klublari qiziqish bildirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Milan» «Vest Hem» yulduzi uchun kurashga qo‘shildi
Foto: Getty Images

«Vest Hem» vingeri Krisensio Sammervill yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun kurashga «Milan» ham qo‘shilgan. Italiya grandi qanot hujumchisini ushbu yozda o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Biroq «rossonerilar» transfer uchun «Tottenhem» va «Aston Villa» bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Har ikki klub ham futbolchiga qiziqishda davom etmoqda.

Manbada aytilishicha, «Vest Hem» Premyer Ligadan tushib ketganidan so‘ng Sammervillni taxminan 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Hujumchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 34 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Krisensio Sammervill «Vest Hem»ga katta umidlar bilan transfer qilingandi.

Ma’lumot uchun, niderlandiyalik futbolchi avvalroq Angliyada «Lids» safida ham muvaffaqiyatli o‘yinlari bilan e’tibor qozongan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Vest Hem Vest Hem
Bugungi yangiliklar