Bugun
19
O'zbek

FIFA JCH-2026 bahslariga suv solingan plastik idishlarni olib kirishni taqiqladi

Futbol
4 iyun, 06:12
Qaror stadionlarda xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida qabul qilindi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
FIFA JCH-2026 bahslariga suv solingan plastik idishlarni olib kirishni taqiqladi
Foto: Getty Images

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati bahslariga muxlislarning suv solingan plastik idishlarni olib kirishini taqiqladi.

Tashkilot reglamentiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ushbu qaror tribunadan maydonga turli buyumlar uloqtirilishi oqibatidagi jarohatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan. Avvalroq muxlislarga hajmi bir litrgacha bo‘lgan shaffof plastik idishlarni stadionga olib kirishga ruxsat berilgandi.

«Biz barcha futbolchilar, hakamlar, muxlislar, volontyorlar va xodimlarning salomatligi hamda xavfsizligini himoya qilishga intilamiz. FIFA musobaqa mezbon shaharlari tashkiliy qo‘mitalari va mahalliy hokimiyat organlari bilan muxlislar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda. Bu stadion hududlarida suv ichish nuqtalari, sovutish zonalari, ventilyatorlar, namlantiruvchi purkagichlar va boshqa vositalarni o‘z ichiga olishi mumkin», — deyiladi FIFA bayonotida.

Shuningdek, tashkilot Jahon chempionati bahslari vaqtida stadionlarda sotiladigan suv narxlari ushbu arenalarda o‘tkaziladigan boshqa tadbirlar darajasida bo‘lishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, ushbu mundial tarixdagi eng yirik Jahon chempionati bo‘lib, unda ilk bor 48 ta milliy jamoa ishtirok etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar