Bugun
19
O'zbek

Van Deyk JCH-2026 oldidan penaltilar seriyasi haqida gapirdi

Futbol
4 iyun, 05:44
Niderlandiya sardori muhim pallalarda ruhiy tayyorgarlik ahamiyatini ta’kidladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Van Deyk JCH-2026 oldidan penaltilar seriyasi haqida gapirdi
Foto: Getty Images

Niderlandiya milliy jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan penaltilar seriyasiga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi.

Futbolchi jamoa doim bu jihat ustida ishlashini, biroq mashg‘ulotlardagi muvaffaqiyat rasmiy bahslarda natija kafolati emasligini aytdi.

«Biz har doim shunday qilamiz. Penaltilar haqida doimo gap-so‘zlar bo‘ladi. Ammo har kuni penalti mashq qilsangiz ham, bu muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Mashq qilishda davom etish kerak. Masalan, Argentina bilan bahsdan oldin barcha penaltilarni aniq amalga oshirgandim, keyin esa o‘yin paytida xato qildim. Bu achchiq saboq, ammo futbol shunday va buni qabul qilish kerak», — dedi van Deyk FIFA rasmiy saytiga.

Himoyachi penaltilar ustida ishlash davom etishini, biroq jamoa bahslarni asosiy vaqtning o‘zida hal qilishni istashini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya milliy jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionatida Argentina bilan bahsda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, o‘sha bahsda Virjil van Deyk penaltilar seriyasidagi zarbasini golga aylantira olmagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar