Live
2
O'zbek

Gakpo «Liverpul»dagi kelajagi borasida qaror qabul qildi

Futbol
4 iyun, 07:15
Niderlandiyalik hujumchi klubda qolishga moyil.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Gakpo «Liverpul»dagi kelajagi borasida qaror qabul qildi
Foto: Getty Images

«Liverpul» hujumchisi Kodi Gakpo katta ehtimol bilan jamoani tark etmaydi.

Indykaila News xabariga ko‘ra, Arne Slot iste’fosidan keyin futbolchi klubni tark etmoqchi ekani haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Manbada aytilishicha, niderlandiyalik futbolchi jamoadagi holatidan mamnun va yangi bosh murabbiy tayinlanishini kutmoqda.

Kodi Gakpo 2023 yilda PSVdan «Liverpul» safiga 42 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. U 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 52 ta bahsda maydonga tushib, 9 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Gakpo Niderlandiya milliy jamoasining ham asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali hujumchining transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar