«Galatasaray» «Milan» futbolchisi Rafael Leau bo'yicha rasmiy taklif yuborgan yagona klub bo'lib turibdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Shu bilan birga, futbolchi hali ham APLga, xususan «Arsenal» yoki «Manchester United»ga o‘tishga umid qilmoqda. Qayd etilishicha, Leau yana «Arsenal»ga taklif qilinganidan so‘ng ham muzokaralarda hech qanday siljish kuzatilmagan.
Portugalialik futbolchining shartnomasida 175 million yevroga teng tovon puli belgilanganiga qaramay, «rossoneri» uni 50 million yevro evaziga sotishga tayyor. Biroq hozircha yagona aniq taklif «Galatasaray» tomonidan kelib tushgan.
Avvalroq Leau yozda «Milan»ni tark etishini ma'lum qilgandi.