Bugun
15
O'zbek

"Galatasaroy" Leauga yillik 8 mln yevro maosh taklif qilmoqda

Futbol
3 iyun, 17:36
26 yoshli futbolchi yozda Italiya klubini tark etishini ma'lum qilgandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Galatasaroy" Leauga yillik 8 mln yevro maosh taklif qilmoqda
Фото: Getty Images

"Milan" vingeri Rafael Leau faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Daniele Longo xabar berdi.

Avvalroq portugaliyalik 26 yoshli futbolchi yozda Italiya klubini tark etishini ma'lum qilgandi.

Manba bergan xabarga ko'ra, Turkiya jamoasi futbolchiga yillik 8 million yevro maosh va yana 2 million yevro bonus ko'zda tutilgan shartnoma taklif qilmoqda.

Italiyaliklar esa ushbu transfer uchun taxminan 60 million yevro talab qilmoqda.

Yakunlangan mavsumda u "rossonerilar" safida barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar