Bugun
15
O'zbek

"Ayaks" ter Stegenni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Futbol
3 iyun, 17:20
Amsterdam klubi darvoza chizig'ini kuchaytirish uchun Stegen variantini ko'rib chiqmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Ayaks" ter Stegenni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Фото: Getty Images

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Stegen faoliyatini Niderlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Sport.es ma'lumotiga ko'ra, "Ayaks" germaniyalik kiperni diqqat bilan kuzatmoqda.

Amsterdam klubi darvoza chizig'ini kuchaytirish uchun Stegen variantini ko'rib chiqmoqda.

Ta'kidlanishicha, "Ayaks" rahbariyati nemis futbolchisining tajribasini, uning yetakchilik qobiliyatlarini va qisqa pas orqali hujum boshlash mahoratini yuqori baholaydi.

Eslatib o'tamiz, Niderlandiya klubiga Michel Sançes bosh murabbiy etib tayinlandi. U "Jirona"da ter Stegen bilan birga ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ayaks Ayaks
Bugungi yangiliklar