"Sporting" hujumchisi Luis Suares faoliyatini "Fenerbahche"da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Kolumbiyalik 28 yoshli futbolchi "sariq kanareykalar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Ammo uning transferi klubdagi prezidentlik saylovlari natijalariga hamda tomonlar kelishgan transfer summasiga bog'liq bo'ladi.
Yakunlangan mavsumda Suares barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 38 ta gol va 9 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.
"Fenerbahche" esa Turkiya Superligasida ikkinchi o'rinni egalladi va kelasi mavsumda Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etadi.