Bugun
15
O'zbek

"Hoffenhaym" Vimmer transferini e'lon qildi

Futbol
3 iyun, 16:30
Avstriya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Bundesligadagi klubini o'zgartirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Hoffenhaym" Vimmer transferini e'lon qildi
Foto: Hoffenheim

Patrik Vimmer "Hoffenhaym" futbolchisiga aylandi.

Nemis klubi "Volfsburg"dan 25 yoshli vingerni transfer qilganini e'lon qildi. Tomonlar 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzishdi.

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg yozishicha, "Hoffenhaym" Avstriya milliy jamoasi futbolchisining "Volfsburg" bilan kelishuvda yozilgan 10 million yevro tovon pulini to'ladi.

Vimmer o'tgan mavsumda Bundesligada 25 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va yana 3 ta golga assistentlik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hoffenhaym Hoffenhaym
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar