Bugun
15
O'zbek

O‘rtoqlik bahslari. Niderlandiya o‘z uyida Jazoirga yutqazdi, Kongo DR Daniya bilan durang o‘ynadi, Italiyada g‘alaba

Futbol
3 iyun, 17:10
O‘zbekistonning JCH-2026dagi raqibi Daniya bilan tengma-teng o‘yin ko‘rsatdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
O‘rtoqlik bahslari. Niderlandiya o‘z uyida Jazoirga yutqazdi, Kongo DR Daniya bilan durang o‘ynadi, Italiyada g‘alaba
Foto: Getty Images

Milliy jamoalar Jahon chempionati oldidan yuzaga kelgan tanaffus paytida o‘rtoqlik bellashuvlari o‘tkazishmoqda.

Mundialga tayyorlanayotganlar o‘yinida Niderlandiya o‘z uyida Jazoirga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

O‘zbekiston milliy jamoasining JCH-2026da guruhdagi raqibi Kongo DR Polshadagi bahsda Daniya bilan golsiz durang qayd etdi.

Jahon chempionatiga chiqa olmagan Italiya Lyuksemburgni minimal hisobda mag‘lub etdi. Polsha va Nigeriya o‘zaro jangovar durangga imzo chekishdi.

O‘rtoqlik o‘yinlari. 3 iyun
Niderlandiya — Jazoir 0:1

Gol: Haj Musa (86).
Niderlandiya — Vebruggen (Rufs, 46), Viffer (Gertruyda, 69), van Hekke (Brobbiy, 88), van Deyk (Ake, 46), van de Ven (Hato, 46), Gravenberh (Depay, 46), de Yong (K.Timber, 69), Reynders (de Ron, 69), Sammervill (Kluvyert, 46), Gakpo (Veghorst, 81), Malen (Kopmeyners, 69).
Jazoir — Zidan, Abada (Belgali, 46), Mandi (Haj Musa, 46), Belaid, Ait-Nuri (Hajam, 46), Zerruki (Tugay, 46), Bintolib, Auar (Fares, 46), Mahrez (Maza, 46), Amura (Bulbina, 69), Guiri (Binbuali, 63).

Lyuksemburg — Italiya 0:1
Gol: Esposito (49).
Italiya — Donnarumma, Favasuli (Fortini, 67), Komuzzo (Mane, 76), Charodia, Bartesagi (Ahanor, 90), Pisilla, Lipani (Dagasso, 76), N‘Dur, Cherubini (Fini, 67), Koleosho (Inasio, 90), Esposito (Kamarda, 76).

Kongo DR — Daniya 0:0
Kongo DR — Mpasi-Nzau, Kalulu (Van-Bissaka, 87), Mbemba, Tuanzebe, Kapuadi, Mukau (Pikel, 70), Mutussami, E.Kayembe (Sodiqi, 55), Vissa (Mubuku, 87), Masuaku (J.Kayembe, 55), Bakambu (Banza, 70).
Daniya — Yorgensen, Kristensen, Provstgaard (Hogsberg, 81), Kristensen (Andersen, 57), Mele, Yensen, Hoyberg (Frohholdt, 57), Eriksen (Gronbek, 74), Dagim, Dorgu (Osula, 46), Hoylund (Hyog, 74).

Polsha — Nigeriya 2:2
Gollar: Potulski (45+1), Vishinievski (90+5) — Moffi (23), Onuachu (77, penalti).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Italiya Italiya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jazoir Jazoir
  • Daniya Daniya
Bugungi yangiliklar