SSKA darvozabon Igor Akinfeev bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
«35 yildan oshdi-ki, bizning 35-raqamimiz o‘zini qizil-ko‘k ranglarga bag‘ishlab kelmoqda. Kichkina Igor SSKAga birinchi mashg‘ulotga 4 yoshida kelgan. Hozirda uning hisobida faoliyatidagi 929 ta o‘yin bor, ularning 382 tasi "quruq" o‘yinlar, mamlakat chempionatidagi oltita g‘alaba, sakkizta Rossiya Kubogi, sakkizta mamlakat Superkubogi, UEFA Kubogi, shuningdek, Rossiya milliy jamoasi tarkibida Yevropa chempionati bronzasi mavjud. Igor Akinfeev – jahon futboli tarixidagi eng sodiq futbolchi va bu mavsum u uchun 24-mavsum bo‘ladi», — deyiladi klub xabarida.
Futbolchi klub safida 818 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, ularning 327 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.