"Lion" klubi hujumchi Endrikni qaytadan jamoaga qaytarishni orzu qilmoqda. Bu haqda GFFN xabar berdi.
U mavsumning ikkinchi qismini Fransiya klubida ijara asosida o'tkazgan edi. Futbolchi huquqlari Madridning "Real" klubiga tegishli.
19 yoshli braziliyalik forvard qishki transferdan so'ng jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi. U barcha musobaqalarda 21 o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, u professional faoliyatidagi ilk het-trikni ham qayd etdi.
Qayd etilishicha, "Lion" texnik direktori Matyo Lui-Jan yangi kelishuv ehtimolini istisno qilmayapti, ammo hozircha bu deyarli imkonsiz ekanini tan olgan. Chunki futbolchi "Real"ning asosiy tarkibidan joy olishni maqsad qilgan.
"Lion"dagi muvaffaqiyatli o'yinlari Endrikkka jahon chempionati oldidan Braziliya milliy jamoasiga qaytish imkonini berdi.