Bugun
215
O'zbek

Neymar JCHga boradi — Braziliyaning yakuniy tarkibi e'lon qilindi

Futbol
18 may, 17:20
«Pentakampeonlar» boshqaruviga kelganidan beri Neymarnı jalb etmagan Anchelotti mundial oldidan qarorini o'zgartirdi.
Neymar JCHga boradi — Braziliyaning yakuniy tarkibi e'lon qilindi
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun tarkibi e'lon qilindi.

«Pentakampeonlar» boshqaruviga kelganidan beri Neymarnı jalb etmagan bosh murabbiy Karlo Anchelotti mundial oldidan qarorini o'zgartirdi va 34 yoshli yulduzni yakuniy qaydnomaga kiritdi. Tiago Silva, Joao Pedro, Antoni kabi o'yinchilar esa tarkibdan tushib qolishdi.

Darvozabonlar: Alisson («Liverpul»), Ederson («Fenerbahche»), Ueverton («Gremio»);

Himoyachilar: Aleks Sandro («Flamengo»), Bremer («Yuventus»), Danilo («Flamengo»), Duglas Santos («Zenit»), Gabriel Magalyaes («Arsenal»), Rojer İbanes («Al Ahli»), Leo Pereira («Flamengo»), Markinyos («PSJ»), Uesli Fransa («Roma»);

Yarimhimoyachilar: Bruno Gimaraes («Nyukasl»), Kazemiro («Manchester Yunayted»), Danilo dos Santos («Botafogo»), Fabinio («Al Ittihod»), Lukas Paketa («Flamengo»);

Hujumchilar: Endrik («Lion» / «Real»), Gabriel Martinelli («Arsenal»), Igor Tiago («Brentford»), Luis Enrike («Zenit»), Mateus Kunya («Manchester Yunayted»), Neymar («Santos»), Rafinya Dias («Barselona»), Rayan Rosha («Bornmut»), Vinisius Junior («Real»).

Ma'lumot uchun, Braziliya mundialda Marokash, Shotlandiya va Haiti bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar