Bugun
19
O'zbek

Kristensen «Barselona»dagi faoliyatini davom ettirmoqchi

Futbol
4 iyun, 06:22
Daniyalik himoyachi klub bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kristensen «Barselona»dagi faoliyatini davom ettirmoqchi
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Andreas Kristensen o‘z kelajagi borasida fikr bildirib, Kataloniya klubida qolishni istashini ma’lum qildi.

«Tasdiqlay oladigan yagona narsam shuki, men «Barselona»da qolishni xohlayman. Hozircha boshqa yangilik yo‘q. Ko‘p narsa deya olmayman, ammo yaqin vaqt ichida shartnomamni uzaytirishga umid qilaman. Hamma mening nimani xohlashimni va qanday fikrda ekanimni biladi. Umid qilamanki, tez orada hammasi o‘z o‘rniga tushadi», — dedi futbolchi Barca Universal nashriga.

Andreas Kristensen 2022 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Barselona» safiga qo‘shilgan edi.

Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Himoyachi o‘tgan mavsum jamoa safida 18 ta bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Kristensen Daniya milliy jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi haftalarda futbolchining kelajagi borasida turli transfer mish-mishlari paydo bo‘lgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar