Bugun
19
O'zbek

«Al Hilol» Dembelega 200 mln yevro maosh taklif qilishga tayyor

Futbol
4 iyun, 05:00
Usmonning parijliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
«Al Hilol» Dembelega 200 mln yevro maosh taklif qilishga tayyor
Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Goals Zone xabar berdi.

Fransiyalik futbolchiga «Al Hilol» qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi forvardga 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma va 200 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. «Al Hilol»da Dembele jamoaga klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozonishda yordam beradigan asosiy futbolchi bo'ladi deb hisoblanmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Usmon 2023 yilda «Barselona»dan «PSJ»ga 50 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Avvalroq Dembele qatorasiga ikkinchi yil Liga1ning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar