Leverkuzenning «Bayer» klubi bosh murabbiylikka Alvaro Arbeloa variantini ko'rib chiqmaydi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Ispaniyalik mutaxassis 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismida «Real»ni boshqargandi. Arbeloaning o'zi Ispaniyadagi boshqa klublarda ishlashni istamaydi va faoliyatini xorijda davom ettirishni afzal ko'rmoqda.
Qayd etilishicha, «Bayer» Alvaroni u hali «Kastilya»ni boshqaraetgan paytdanoq diqqat bilan kuzatib kelgan. Biroq Germaniya klubida u jamoani darhol yuqori cho'qqiga qaytarish uchun yetarlicha tajriba va taraqqiyotga ega ekaniga to'liq ishonch yo'q.
Ma'lumot o'rnida, yakunlangan mavsum «dorishunoslar» Bundesliga turnir jadvalida 59 ochko bilan 6-o'rinni egalladi. Avvalroq Arbeloaning xizmatlari «Bayer»ga taklif qilingani ma'lum qilingan edi.