Live
4
O'zbek

FIFAning 2026 yilgi jahon chempionatini o'tkazishdan olgan daromadi kutilganidan ham yuqori bo'ldi

Futbol
19 iyul, 01:25
Bungacha tashkilot umumiy foyda 11 milliard dollar atrofida bo'lishini taxmin qilgandi.
FIFAning 2026 yilgi jahon chempionatini o'tkazishdan olgan daromadi kutilganidan ham yuqori bo'ldi
Foto: Getty Images

FIFAning 2026 yilgi jahon chempionatini o'tkazishdan olgan daromadi kutilganidan ham yuqori bo'ldi. Bu haqida The Guardian xabar berdi.

Xalqaro futbol federatsiyasi tez orada turnirdan tushgan rekord darajadagi 15 milliard dollarlik daromadni e'lon qiladi. Bungacha tashkilot rahbariyati umumiy foyda 11 milliard dollar atrofida bo'lishini taxmin qilgandi.

Ma'lum qilinishicha, yakuniy daromadning kutilganidan yuqori bo'lishiga asosan chiptalarning sotilishi katta hissa qo'shgan. Shuningdek, chiptalar qayta sotilganda FIFA ham xaridordan, ham sotuvchidan 15 foiz miqdorida tovon puli undirmoqda.

Shuningdek, mehmondo'stlik (hospitality) xizmatlari ham federatsiyaning eng yirik daromad manbalaridan biriga aylangan. Avvalroq FIFA final bahsidagi tanaffus 17 daqiqa davom etishini ma'lum qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar