Germaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos Ispaniya va Argentinaning Jahon chempionati finalidagi imkoniyatlarini baholadi.
«Ispaniya kabi jamoa hisobda oldinga chiqib, o'z o'yinidan zavqlana boshlasa, ularga qarshi o'ynashni hech kim istamaydi.
Agar Ispaniya birinchi bo'lib gol ursa — hammasi tugaydi, g'alaba haqida unutish mumkin. Argentina uch yoki to'rtta to'p o'tkazib yuboradi. Bunga qarshi hech narsa qila olishmaydi.
Argentina Germaniyadan kuchli emas, ammo bu jamoaning ruhiy tayyorgarligi nihoyatda yuqori va ularda Messi bor. Aynan u jamoasini finalgacha yetaklab keldi.
Men Messining futbol intellekti tobora o'sib borayotganini ko'ryapman. 2022 yildagi Jahon chempionati uning faoliyatidagi so'nggisi bo'ladi, deb o'ylagandim», — deya Kroosning so'zlarini keltiradi Marca.
Kroos JCh finali haqida: "Ispaniya birinchi bo'lib gol ursa, hammasi tugaydi. Argentinada esa Messi bor"
Futbol
19 iyul, 10:55
Germaniyalik sobiq yarimhimoyachi mundial finali haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
19.07.2026
AET
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ispaniya
1
:
0
Argentina
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi