Bugun
1
O'zbek

Messi — mundialning eng yaxshi futbolchisi (WhoScored)

Futbol
20 iyul, 00:30
39 yoshli Leo 2026 yilgi jahon chempionatida 8 ta gol urib, 4 ta assist amalga oshirdi.
Messi — mundialning eng yaxshi futbolchisi (WhoScored)
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi WhoScored talqiniga ko‘ra, yakunlangan 2026 yilgi jahon chempionatining o‘rtacha reyting bo‘yicha eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

39 yoshli argentinalik futbolchi Ispaniyaga qarshi final bahsida (0:1) o‘zini to‘liq ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, turnirni o‘rtacha 8,82 ball bilan eng yuqori baholangan futbolchi sifatida yakunladi.

2-o‘rinni Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe (8,17) egalladi. 3-pog‘onadan Norvegiya vakili Erling Holand (8,14) joy oldi.

Ma'lumot o‘rnida, Messi 2026 yilgi jahon chempionatida 8 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida Kilian Mbappedan (10 ta gol) keyin 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, har ikki futbolchi turnir davomida 4 tadan assist amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

145+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar