«Kristal Pelas» markaziy hujumchisi Jan-Filipp Mateta yaqin vaqt ichida faoliyatini Yevropaning boshqa klublarida to‘p tepishi mumkin.
Jurnalist Rudi Galettining ma'lum qilishicha, fransiyalik 29 yoshli forvardga «Atletiko», «Yuventus» hamda «Manchester Yunayted» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Kristal Pelas» futbolchini sotishga tayyor va uning transfer narxini 29,5 million yevro deb baholagan. Kelasi haftalarda klublar o‘rtasidagi muzokaralar yanada faollashishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kristal Pelas» Matetaga 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda Mateta «burgutlar» libosida barcha turnirlar doirasida 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Matetaga Yevropaning 3 ta top klubi qiziqish bildirmoqda
Futbol
19 iyul, 09:10
Kelasi haftalarda klublar o‘rtasidagi muzokaralar yanada faollashishi kutilmoqda.
Фото: Getty Images