Fransiyalik hujumchi Jan-Filipp Mateta "Kristal Pelas"dan yangi shartnoma bo'yicha taklif oldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi 29 yoshli forvard bilan hamkorlikni 2030 yilgacha uzaytirmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi esa kelasi yilning iyun oyida o'z yakuniga yetadi.
Avvalroq Matetaga "Manchester Yunayted", "Yuventus", "Milan" va boshqa bir qator Yevropa klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, Mateta 2021 yildan buyon "burgutlar" sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlar doirasida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.