"Galatasaroy" klubi "Yuventus" markaziy himoyachisi Gleyson Bremerni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu haqda Sky Sport xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Istanbul klubi braziliyalik 28 yoshli futbolchining atrofidagilar bilan aloqa o'rnatib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilgan.
Qayd etilishicha, Turkiya klubi Gleysonga yuqori maoshli shartnoma taklif qilgan. Biroq hozircha "Yuventus"ga rasmiy transfer taklifi yuborilmagan.
Turin klubi esa Bremerni himoya chizig'ining asosiy futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda va uni faqat juda katta mablag' evaziga sotishga tayyor.
Hozirda muzokaralar davom etmoqda. Lekin hozircha tomonlar o'rtasida hech qanday kelishuv yo'q.