Live
3
O'zbek

Ibrahimovich AZ futbolchisiga aylandi

Futbol
19 iyul, 04:35
Shvetsiyalik futbolchi o'tgan mavsum «Ayaks» safida to'p tepgan edi.
Ibrahimovich AZ futbolchisiga aylandi
Foto: Getty Images

19 yoshli hujumkor yarimhimoyachi Maksimilian Ibrahimovich Niderlandiyaning AZ klubiga ko'chib o'tdi.

Afsanaviy hujumchi Zlatan Ibrahimovichning o'g'li hisoblangan shvetsiyalik futbolchi endi ushbu jamoa sharafini himoya qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy ma'lum qildi.

O'tgan mavsum Maksimilian Niderlandiyada Amsterdamning «Ayaks» klubi safida to'p tepgan edi. Kichik Ibrahimovich 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd olmadi.

AZ esa o'tgan mavsum Niderlandiya chempionatida omadsiz ishtirok etib, musobaqani 7-o'rinda yakunladi. Shunga qaramay, jamoa Niderlandiya kubogini qo'lga kiritdi va Yevropa ligasi yo'llanmasiga ega chiqdi.

Bugungi yangiliklar