Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello futbol tarixidagi buyuk iste'dodlar hamda JCh-2026 finali oldidan Lamin Yamal haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Agar Argentina finalda g‘alaba qozonsa, Messini Maradonadan ustun qo‘yish mumkinmi?
«Bunday taqqoslashlar meni charchatadi. Futbol daholari har 20 yilda bir tug‘iladi. Men haqiqiy daholarni nazarda tutyapman: Pele, Maradona va Messi», — dedi Kapello.
– Agar Ispaniya g‘alaba qozonsa, Lamin Yamal “Oltin to‘p”ga loyiq bo‘ladimi?
«Uning yoshi va istiqbolini hisobga olsak, ha, deb aytgan bo‘lardim. Ammo xulosaga shoshilmaslik kerak. U, shubhasiz, daho va ushbu toifadagi yangi avlod vakili», — deya qo‘shimcha qildi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida bugun Argentina va Ispaniya milliy jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20 iyul soat 00:00da boshlanadi.