Bugun
1
O'zbek

«Arsenal» jarohat olgan Saliba o‘rnini Stounz bilan yopmoqchi

Futbol
20 iyul, 03:05
Jon «Man Siti» safida 10 yil davomida to‘p tepib, shu vaqt ichida 6 marta APL chempioni bo‘lgan.
«Arsenal» jarohat olgan Saliba o‘rnini Stounz bilan yopmoqchi
Foto: Getty Images

«Arsenal» Vilyam Salibaning jiddiy jarohatidan keyin markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda. Bu haqida The Sun xabar berdi.

Fransiyalik himoyachi belidan olgan jarohati tufayli kelasi mavsumning birinchi yarmini to‘liq o‘tkazib yuborishi mumkin. Qayd etilishicha, «to‘pchilar» hozirda erkin agent maqomida bo‘lib turgan Jon Stounz nomzodini ko‘rib chiqmoqda. 32 yoshli «Manchester Siti» sobiq futbolchisi Saliba yo‘qligida unga vaqtinchalik o‘rinbosar bo‘lishi mumkin.

Ma'lumot o‘rnida, Stounz «shaharliklar» safida 10 yil davomida to‘p tepib, shu vaqt ichida 6 marta APL chempioni bo‘lgan. Angliyalik himoyachining shartnomasi iyul oyi boshida yakunlangan.

Avvalroq «Arsenal» Alvares transferini tezroq yakunlamoqchi ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar