"Tottenhem" klubi "Manchester Siti" vingeri Savioni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
The Athletic nashri xabar berishicha, "taqachilar" braziliyalik 22 yoshli futbolchining transferi uchun 80 million yevro sarflashga tayyor.
Qayd etilishicha, Savio "Tottenhem" bilan 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma borasida prinsipial kelishuvga erishgan. Bitimda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkonini beruvchi band ham ko'zda tutilgan.
O'tgan mavsumda u "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, "Tottenhem" yangi mavsumni 22 avgust kuni "Brentford"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.