Bugun
1
O'zbek

Yamal va Kubarsi JCh finallari tarixidagi beshinchi va oltinchi o‘smir futbolchilarga aylandi

Futbol
19 iyul, 14:50
Ispaniya milliy jamoasining ikki 19 yoshli futbolchisi tarixiy natijaga erishdi.
Yamal va Kubarsi JCh finallari tarixidagi beshinchi va oltinchi o‘smir futbolchilarga aylandi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Ispaniya milliy jamoasi futbolchilari Lamin Yamal va Pau Kubarsi JCh-2026 finalini asosiy tarkibda boshlab, jahon chempionatlari tarixidan joy oldi.

Opta ma'lumotiga ko‘ra, 19 yoshli Yamal va Kubarsi mundial finallarini asosiy tarkibda boshlagan beshinchi va oltinchi o‘smir futbolchilar bo‘ldi.

Ulardan avval bu natijaga quyidagi futbolchilar erishgan:

  • Pele — 1958 yil (17 yosh);
  • Juzeppe Bergomi (Italiya) — 1982 yil (18 yosh);
  • Kilian Mbappe (Fransiya) — 2018 yil (18 yosh).

Endilikda Yamal va Kubarsi ham ushbu tarixiy ro‘yxatdan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi «MetLife» stadionida jahon chempionligi uchun bahs olib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar