Bugun
1
O'zbek

JCH-2026. Ispaniya – Argentina 1:0. LIVE

Futbol
19 iyul, 14:59
Mundial finalidan o‘rin olgan bellashuv boshlandi.
JCH-2026. Ispaniya – Argentina 1:0. LIVE
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Jahon chempionatining final bahsida Ispaniya milliy jamoasi Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, JCH-2026 bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Asosiy vaqt davomida jamoalar darvozalarni ishg‘ol eta olmadilar. 90+3-daqiqada Argentina yarimhimoyachisi Enzo Fernandes ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi va jamoasini bir kishi kam bo‘lib qoldirdi.

Uchrashuv taqdiri qo‘shimcha bo‘limlarda hal bo‘ldi. 106-daqiqada Niko Uilyamsning uzatmasidan so‘ng Ferran Torres aniq zarba yo‘llab, bahsdagi yagona golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Ispaniya JCH-2026 g‘olibiga aylandi. Argentina esa amaldagi chempion sifatida bu safar kumush medallar bilan kifoyalandi.

JCH-2026. Final
Ispaniya - Argentina 1:0

Gol: Ferran Torres 106
Chetlatish: Enzo Fernandes 90+3 (Argentina).

Ispaniya: Unai Simon, Fabian Ruiz (Pedri, 62), Dani Olmo (Mikel Merino, 75), Pedro Porro, Emerik Laport (Erik Garsiya, 99), Aleks Baena (Niko Uilyams, 75), Rodri (Martin Subimendi, 99), Lamin Yamal, Mikel Oyarsabal (Ferran Torres, 62), Pau Kubarsi, Mark Kukurelya.
Argentina: Emiliano Martines, Nikolas Talyafiko, Gonsalo Montel (Nauel Molina, 58), Lisandro Martines (Nikolas Otamendi, 44), Rodrigo De Paul (Xuliano Simeone, 70), Xulian Alvares (Markos Senesi, 102), Lionel Messi, Kristian Romero (Fakundo Medina, 70), Niko Gonsales (Leandro Paredes, 46), Aleksis Mak Allister, Enzo Fernandes.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

135+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar