"Manchester Yunayted" klubi va Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Norvegiya forvardi Erling Holand bilan bahsda yutqazgach, Nyu-York shtatidagi Gudzon daryosini eshkak eshib kesib o'tdi.
Vikinglar 2026 yildagi mundialda Braziliyani 2:1 hisobida mag'lub etib, chorakfinalga chiqqanidan keyin Ueyn bergan va'dasini bajardi. Ya'ni sobiq futbolchi Norvegiya "pentakampeonlar" ustidan g'alaba qozonsa, Erlingning shartini bajarishini aytgandi.
Eslatib o'tamiz, 2026 yildagi Jahon chempionati davomida Norvegiya muxlislarining "vikinglarcha eshkak eshish" fleshmobi ommalashdi.
Holandning jamoasi chorakfinalda Angliyaga 1:2 hisobida yutqazib, musobaqani tark etdi.
2026 yildagi futbol bo'yicha Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tmoqda. Final bellashuvi AQShning Ist-Raterford shahrida amaldagi chempion Argentina va Yevropa chempioni Ispaniya o'rtasida o'tkazilmoqda.
Runi Holand bilan bahsda yutqazib, Gudzon daryosida vikinglar kabi eshkak eshdi
Futbol
19 iyul, 15:30
Angliyalik sobiq forvard Norvegiyaning Braziliyani mag'lub etishi ortidan shart bajardi.
Foto: Getty Images