"Antverpen", "Atletiko" va "Tottenhem"ning sobiq himoyachisi Tobi Alderveyreld Belgiya klubining nazorat paketini sotib oladigan investorlar konsortsiumi tarkibiga qo'shildi.
"Anderlext"ning sobiq prezidenti Vuter Vandenhaute boshchiligidagi investorlar guruhi "Antverpen"ning amaldagi egasi Pol Geyssens bilan prinsipial kelishuvga erishdi. Bitim yaqin kunlarda rasmiylashtirish rejalashtirilmoqda.
HLN ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv amalga oshishiga Belgiya bosh vaziri Bart de Vever ham hissa qo'shgan. U sug'urta kompaniyasi Ethias bilan bo'lib o'tgan muzokaralarda ishtirok etgan. Klub bosh direktori Sven Jak o'z lavozimida qoladi va shuningdek, "Antverpen" aksiyadoriga aylanadi.
O'tgan mavsumda "Antverpen" Belgiya chempionatida 7-o'rinni egalladi va pley-offda o'ynaydigan chempionlik guruhi yo'l ololmadi. Yevrokuboklarga chiqish uchun o'tkazilgan pley-offda jamoa olti klub orasida beshinchi bo'ldi va xalqaro turnirlarga yo'llanmasidan mahrum qoldi.
Alderveyreld "Antverpen"ning egalariidan biriga aylandi
Futbol
19 iyul, 15:15
Himoyachi o'zi o'ynagan klubga rahbarlik qiladi.
Foto: Getty Images