Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi JCh-2026 finalida maydonga tushish orqali jahon chempionatlari tarixidagi yana bir tarixiy natijaga erishdi.
39 yoshli hujumchi Ispaniyaga qarshi hal qiluvchi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi va shu tariqa mundial finallarida maydonga tushgan ikkinchi eng yoshi katta futbolchi bo‘ldi.
Opta ma'lumotiga ko‘ra, bu boradagi rekord hali ham italiyalik afsonaviy darvozabon Dino Zoffga tegishli. U 1982 yilgi jahon chempionati finalida 40 yoshida maydonga tushgan.
Messi esa faoliyatidagi uchinchi mundial finalida ishtirok etmoqda. U avval 2014 va 2022 yilgi jahon chempionatlarining hal qiluvchi bahslarida ham Argentina milliy jamoasi safida maydonga tushgan edi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Argentina va Ispaniya milliy jamoalari AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi «MetLife» stadionida jahon chempionligi uchun bahs olib bormoqda.