Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Fabian Ruis JCh-2026 finalida Argentinaga qarshi bahs orqali milliy jamoa safidagi 50-o‘yinini o‘tkazmoqda.
E'tiborlisi, Ruis bungacha Ispaniya milliy jamoasi safida maydonga tushgan 49 ta bahsning birortasida ham mag‘lubiyatga uchramagan. Ushbu o‘yinlarda ispanlar 34 ta g‘alaba va 15 ta durang qayd etgan.
Bundan tashqari, Ispaniya milliy jamoasi ayni paytda 38 bahsdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda.
Fabian Ruis uchun yubiley bahsi nafaqat shaxsiy tarixiy marraga, balki milliy jamoaning mag‘lubiyatsiz seriyasini saqlab qolish imkoniyati ham hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi «MetLife» stadionida jahon chempionligi uchun bahs olib bormoqda. Fabian Ruis ushbu bellashuv orqali Ispaniya milliy jamoasi safidagi 50-o‘yinini o‘tkazmoqda.