Bugun
1
O'zbek

Visente del Boske: «Hozirgi Ispaniya milliy jamoasini bizning jamoa bilan taqqoslab bo‘lmaydi»

Futbol
19 iyul, 12:57
2010 yilgi jahon chempioni murabbiyi amaldagi tarkibning kuchli jihatlarini sanab o‘tdi.
Visente del Boske: «Hozirgi Ispaniya milliy jamoasini bizning jamoa bilan taqqoslab bo‘lmaydi»
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

2010 yilda Ispaniya milliy jamoasini jahon chempionligiga olib chiqqan sobiq bosh murabbiy Visente del Boske hozirgi jamoa haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Mening jamoam bilan hozirgisini taqqoslay olmayman. Hozir tarkibda 26 nafar futbolchi bor va ularning deyarli barchasi maydonga tushishga tayyor.

Lamin Yamal va Niko Uilyams hali o‘zining eng yuqori sport formasiga chiqmagan bo‘lsa-da, juda yuqori saviyada harakat qilmoqda. Shuningdek, Aleks Bayena va Mikel Oyarsabal ham ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Oyarsabal chiziqlar orasida juda yaxshi harakat qiladi va darvoza oldida ham aniq o‘ynaydi», — dedi Del Boske derbyderbyderby.it nashriga.

Sobiq murabbiy amaldagi Ispaniya milliy jamoasi keng va sifatli tarkibga ega ekanini alohida ta'kidlab, uni 2010 yilgi chempion jamoasi bilan solishtirish to‘g‘ri emasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Del Boske boshqaruvidagi Ispaniya milliy jamoasi 2010 yilgi jahon chempionati finalida Niderlandiyani Andres Inyestaning qo‘shimcha bo‘limdagi goli evaziga mag‘lub etib, tarixidagi ilk mundial chempionligini qo‘lga kiritgan edi. Bugun esa ispanlar JCh-2026 finalida Argentina milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar