Bugun
1
O'zbek

«Kolo-Kolo» Vozinya transferidan voz kechishi mumkin

Futbol
19 iyul, 13:40
Fabritsio Romanoga ko‘ra, darvozabonning transferi barbod bo‘lish arafasida.
«Kolo-Kolo» Vozinya transferidan voz kechishi mumkin
Foto: Getty Images

Chilining «Kolo-Kolo» klubi darvozabon Vozinya transferini amalga oshira olmasligi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar kutilgan natijani bermagan va kelishuv barbod bo‘lish arafasida turibdi.

Shu sababli «Kolo-Kolo» boshqa variantga e'tibor qaratgan. Hozirda urugvaylik darvozabon Santyago Mele klubning yangi asosiy nomzodiga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Colo Colo Colo Colo
Bugungi yangiliklar