Jurgen Klopp Germaniya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.
Tomonlar to'liq kelishuvga erishgan. Tuziladigan shartnoma 2030 yildagi Jahon chempionati yakuniga qadar amal qiladi.
Shuningdek, Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Red Bull bilan 59 yoshli mutaxassisning kompaniyadagi futbol yo'nalishi rahbari lavozimidan ketishi bo'yicha ham kelishuvga erishgan.
Shanba kuni Klopp Nyu-York shahrida Red Bull bosh direktori Oliver Mintslaff bilan uchrashib, kelishuvning qolgan tafsilotlarini muhokama qildi.
Yakuniy kelishuvlar, jumladan, tijoriy hamkorlikka oid masalalar mundial finalidan keyin rasmiylashtirilishi rejalashtirilgan.
Juma kuni Klopp Frankfurt shahrida shartnomaga imzo chekish kutilmoqda. Shu kuni Germaniya futbol ittifoqi uning tayinlanganini rasman e'lon qilishi va matbuot anjumani o'tkazishi ham rejalashtirilgan.
Germaniya futbol ittifoqi Klopp borasida Red Bull bilan kelishuvga erishdi
Futbol
19 iyul, 12:55
59 yoshli mutaxassis nemislar bosh murabbiyi sifatida qachon tanishtirilishi ma'lum.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi