Bugun
1
O'zbek

Vozinya: «Messi — dunyoning eng yaxshi futbolchisi»

Futbol
19 iyul, 13:07
Kabo-Verde darvozaboni argentinalik yulduzga qarshi o‘ynash katta sharaf bo‘lganini aytdi.
Vozinya: «Messi — dunyoning eng yaxshi futbolchisi»
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Jozimar Vozinya JCh-2026 1/16 finalida Lionel Messiga qarshi maydonga tushganidan so‘ng argentinalik hujumchi haqida iliq fikr bildirdi.

«Messini ortiqcha tanishtirishning hojati yo‘q. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Buni yigirma yildan buyon isbotlab kelmoqda. Men uchun shunday futbolchiga qarshi o‘ynash katta sharaf bo‘ldi», — dedi Vozinya derbyderbyderby.it nashriga.

Vozinya va Messi JCh-2026 1/16 final bosqichida o‘zaro to‘qnash kelgandi. O‘sha bahsda Argentina milliy jamoasi keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi bugun Argentina milliy jamoasi safida JCh-2026 finalida maydonga tushadi. Amaldagi jahon chempionlarining finaldagi raqibi Ispaniya milliy jamoasi bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar