Bugun
1
O'zbek

Nyu-Jersi hukumati FIFAning JCh-2026 finali bo'lib o'tadigan maydon chimini sotish rejasiga qarshi chiqdi

Futbol
19 iyul, 14:00
Shtat rasmiylari stadion qoplamasi uchun sarflangan mablag‘dan soliq to‘lovchilar ham ulush olishi kerakligini aytdi.
Nyu-Jersi hukumati FIFAning JCh-2026 finali bo'lib o'tadigan maydon chimini sotish rejasiga qarshi chiqdi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

AQSHning Nyu-Jersi shtati hukumati FIFAning JCh-2026 finali yakunlanganidan so‘ng «Metlayf» stadioni maydonidagi chim bo‘laklarini sotish rejasiga norozilik bildirdi.

Shtat gubernatori Miki Sherrill va mahalliy qonunchilar stadion qoplamasini almashtirish uchun millionlab dollar aynan shtat byudjetidan sarflanganini eslatib, tushadigan daromaddan soliq to‘lovchilar ham ulush olishi kerakligini ma'lum qildi.

«Gubernator avval ham ta'kidlaganidek, Nyu-Jersi stadion qoplamasi uchun millionlab dollar to‘ladi va shtat soliq to‘lovchilari ushbu savdodan tushadigan mablag‘ning bir qismiga haqli», — dedi gubernator vakili Daily Mail nashriga.

FIFA final bahsidan keyin maydon chimining bo‘laklarini 450 dollardan sotuvga qo‘ygan. Maxsus kolleksiya variantlari esa 3000 dollargacha baholangan.

Shtat qonunchilik palatasi a'zosi Mayk Inganamort bunday savdoni noqonuniy deb atab, hukumatni uni sud orqali taqiqlash choralarini ko‘rishga chaqirdi.

FIFA esa o‘z navbatida tushumning asosiy qismi mintaqaviy tashkiliy qo‘mitaga yo‘naltirilishini, federatsiya esa faqat nominal miqdordagi royalti olishini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 final bahsi 19 iyul kuni Nyu-Jersidagi «Metlayf» stadionida Argentina va Ispaniya milliy jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar