Live
6
O'zbek

"Barsa" Adeyemi transferini kelasi haftada e'lon qilishi kutilmoqda

Futbol
19 iyul, 03:30
24 yoshli hujumchi tibbiy ko'rikdan ham muvaffaqiyatli o'tgan.
"Barsa" Adeyemi transferini kelasi haftada e'lon qilishi kutilmoqda
Foto: Getty Images

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi "Barselona"ga ko'chib o'tadi. Germaniyalik futbolchining transferi kelasi hafta rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.

Adeyemi allaqachon Kataloniya klubi futbolchilari hamda "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Hans-Dieter Flik bilan uchrashgan. Qayd etilishicha, 24 yoshli hujumchi tibbiy ko'rikdan ham muvaffaqiyatli o'tgan.

Shuningdek, "Barselona" va "Borussiya" transfer bo'yicha bitimning so'nggi tafsilotlarini ham kelishib olgan. Ma'lumot o'rnida, "ko'k-anorranglilar" ushbu transfer uchun 34 million yevro to'laydi.

Shundan 26 million yevro kafolatlangan to'lov bo'lsa, qolgan 8 million yevro bonuslar ko'rinishida bo'ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar