Bugun
1
O'zbek

Mak Allister mundiallarda Argentina safida hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan

Futbol
19 iyul, 12:20
Yarimhimoyachi jahon chempionatlarida 13 bahsdan buyon yutqazmayapti.
Mak Allister mundiallarda Argentina safida hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allister JCh-2026 finali oldidan e'tiborga molik statistikaga ega.

Futbolchi 2022 va 2026 yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan bo‘lib, u maydonga tushgan mundial bahslarida Argentina hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.

Qizig‘i shundaki, Argentina 2022 yilgi mundialni Saudiya Arabistoniga qarshi sensatsion mag‘lubiyat bilan boshlagan, biroq o‘sha uchrashuvda Mak Allister maydonga tushmagan edi.

Shundan so‘ng yarimhimoyachi mundiallarda ketma-ket 13 ta bahsda ishtirok etdi. Ushbu o‘yinlarda uning shaxsiy statistikasi 11 g‘alaba va 2 durangni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi bugun JCh-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Agar «albiseleste» g‘alaba qozonsa yoki asosiy vaqtda mag‘lub bo‘lmasa, Mak Allisterning mundiallardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi yana davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar