Ispaniya milliy jamoasi sardori Rodri Ernandes JCh-2026 finali oldidan Argentina bilan bo‘ladigan hal qiluvchi bahs haqida fikr bildirib, jamoadoshlarini raqibning ehtimoliy provokatsiyalariga berilmaslikka chaqirdi.
«Provokatsiyalar futbolning bir qismi. Ammo biz ularga aldanmasligimiz kerak. Bizni maydonda mag‘lub bo‘lish qo‘rquvi emas, g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishtiyoq boshqarishi lozim», — dedi Rodri derbyderbyderby.it nashriga.
Yarimhimoyachi final kabi bosim yuqori bo‘lgan uchrashuvlarda hissiyotlarni nazorat qilish muhim ekanini ta'kidlab, Ispaniya milliy jamoasi o‘z futboliga sodiq qolishi kerakligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 final bahsi bugun AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniya va Argentina milliy jamoalari jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi