Bugun
19
O'zbek

Desham JCH-2026'dan keyingi faoliyati haqida gapirdi

Futbol
4 iyun, 10:23
Fransiyalik mutaxassis hozircha kelajagi borasida aniq qarorga kelmagan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Desham JCH-2026'dan keyingi faoliyati haqida gapirdi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyingi faoliyati haqida fikr bildirdi.

Avvalroq tajribali mutaxassis mundial yakunlanganidan so‘ng milliy jamoadagi lavozimini tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Mendan keyin nima qilishim haqida so‘ramang, chunki o‘zim ham bilmayman. Ammo har qanday holatda hammasi yaxshi bo‘ladi. Fransiya milliy jamoasi 25 yil davomida professional faoliyatimga boshqa har qanday narsadan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatdi. Shundan 11 yilini futbolchi, 14 yilini murabbiy sifatida o‘tkazdim. Bu hayotimdagi eng yaxshi voqea bo‘ldi. Bundan yaxshirog‘ini topishimga shubha qilaman. Ammo kim biladi...», — dedi Desham FIFA rasmiy saytiga.

Eslatib o‘tamiz, Didye Desham boshqaruvidagi Fransiya milliy jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Ma’lumot uchun, mutaxassis 2012 yildan buyon Fransiya milliy jamoasini boshqarib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar