Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2022 yilgi Jahon chempionati finalidagi magʻlubiyat faoliyatidagi eng ogʻriqlisi ekanini aytdi.
Qatarda boʻlib oʻtgan 2022 yilgi mundial finalida Fransiya Argentina ga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgandi (asosiy va qoʻshimcha vaqt — 3:3, penaltilar — 2:4).
«Afsus-nadomatlar haqida gapirishni yoqtirmayman. Fransiyada oʻtgan Evro-2016 finalidagi magʻlubiyat ham ogʻriqli boʻlgan, chunki biz 2000 yildan beri hech qanday sovrin yuta olmagandik. Yaxshiyamki, koʻplab oʻyinchilar 2018 yilgacha jamoadan ketishmadi (oʻsha yili jahon chempioni boʻldi).
Doʻhadagi final ham juda ogʻriqli boʻldi, chunki jahon chempioni boʻlish futboldagi eng yuqori yutuq hisoblanadi.
Orqaga nazar tashlasam, har ikki final ham biz uchun omadli yakunlanmagani uchun ogʻriqli boʻlganini tushunaman. Hattoki FIFA yigʻilishida menga Evro-2016 finalidagi Portugaliyaning goli, agar oʻsha paytda VAR boʻlganda, hujum boshidagi qoida buzarlik sababli hisobga olinmasligini aytishdi.
Bu umumiy manzarani oʻzgartirmaydi. Agar bittasini tanlashim kerak boʻlsa, 2022 yilni aytardim, chunki bu jahon miqyosidagi ulkan imkoniyatni qoʻldan chiqarish boʻldi», — dedi Desham Ouest-France nashriga bergan intervyusida.
Desham Yevro-2016 va JCh-2022 finallarini eslab, ulardan eng ogʻriqlisini tanladi
Futbol
3 iyun, 22:25
Fransiya qitʼa chempionatida Portugaliyaga, mundialda esa Argentinaga yutqazib qoʻygandi.
Foto: Getty Images