Bugun
19
O'zbek

«Napoli» Antonio Konte bilan xayrlashganini e’lon qildi

Futbol
4 iyun, 09:37
Mutaxassis klubni shartnoma muddati tugashidan avval tark etmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Napoli» Antonio Konte bilan xayrlashganini e’lon qildi
Foto: Getty Images

«Napoli» rasmiy saytida Antonio Konte bosh murabbiylik lavozimini tark etganini ma’lum qildi.

Klub bayonotida qayd etilishicha, tomonlar shartnoma muddati yakunlanishidan oldin hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan.

«Napoli» Konte boshqaruvida 2025 yil 23 may kuni klub tarixidagi to‘rtinchi A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, 22 dekabr kuni Italiya Superkubogida ham zafar quchgan edi.

«Murabbiy va uning shtabiga ajoyib mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Rahmat, murabbiy!» — deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Antonio Konte Italiya futbolidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, «Napoli» 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra A Seriyada ikkinchi o‘rinni egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar