Live
3
O'zbek

Rikelme «Real» bosh murabbiyligiga Kloppni olib kelmoqchi — Romano

Futbol
4 iyun, 13:44
Prezidentlikka nomzod germaniyalik mutaxassisni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rikelme «Real» bosh murabbiyligiga Kloppni olib kelmoqchi — Romano
Foto: Getty Images

«Real» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme saylovda g‘alaba qozongan taqdirda Yurgen Kloppni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

«Enrike Rikelme tez orada bosh murabbiylik uchun ko‘rayotgan nomzodini e’lon qiladi. Mening manbalarimga ko‘ra, bu Yurgen Klopp bo‘lishi kerak. Florentino Peresning nomzodi Joze Mourinyo ekani allaqachon rasman ma’lum. Futbol olamidagi manbalar esa Enrike Rikelme tomonidan ilgari surilishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida Kloppni tilga olmoqda. Biroq yakuniy qaror va strategiya haqida Rikelmening o‘zi muxlislarga ma’lum qiladi», — dedi Romano.

Qayd etilishicha, Yurgen Klopp 2024 yilda «Liverpul»ni tark etganidan buyon biror klubda murabbiylik qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» prezidentligi uchun saylov 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp faoliyati davomida «Borussiya Dortmund» va «Liverpul» bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar