Live
2
O'zbek

Rasman: Iraola — «Liverpul» bosh murabbiyi

Futbol
4 iyun, 14:37
Ispaniyalik mutaxassis mersisaydliklar bilan ish boshladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rasman: Iraola — «Liverpul» bosh murabbiyi
Foto: Getty Images

«Liverpul» klubi Andoni Iraolaning bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.

43 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi «Bornmut» bo‘lgan. U o‘tgan mavsum yakunida klubni tark etgandi.

Ma’lumot uchun, Iraola boshqaruvidagi «Bornmut» Angliya Premyer Ligasida 57 ochko jamg‘arib, mavsumni oltinchi o‘rinda yakunladi. «Liverpul» esa 60 ochko bilan beshinchi pog‘onani egallagan.

Ispaniyalik murabbiy 2023 yil yozidan buyon «Bornmut»ni boshqarib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andoni Iraolaning «Liverpul» bilan shartnoma imzolashga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar